380-modda. Bojxona to'g'risidagi qonunchilik to'g'risida axborot berish
Bojxona organlari umumjahon Internet tarmog'idagi o'z rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona to'g'risidagi qonunchilikka doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini ta'minlaydi.
Bojxona to'g'risidagi qonunchilik haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.