РусскийEnglish

391-modda. Intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarning namunalari va nusxalarini tanlab olish

Huquq egasi, uning vakolatli vakili yoki deklarant intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan qaysi tovarlarga nisbatan chiqarib yuborilishini to'xtatib turish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa, o'sha tovarlarning namunalari va nusxalarini bojxona nazorati ostida tanlab olishi, ularni tekshirishni amalga oshirishi, shuningdek ko'zdan kechirishi, fotosuratga olishi yoki shunday tovarlarni boshqacha tarzda qayd etishi mumkin.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.