РусскийEnglish

392-modda. Intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish muddati

Huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining arizasiga ko'ra, bojxona organlari intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turishni ularni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga amalga oshiradi.

Agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili sudning ishni sudda ko'rish tayinlanganligi to'g'risidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etgan bo'lsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining so'roviga ko'ra uzaytirilishi, lekin ko'pi bilan o'n ish kuniga uzaytirilishi mumkin.

Sudning tovarlarni olib qo'yish, xatlash yoxud da'voni ta'minlashning boshqa choralarini qo'llash to'g'risidagi ajrimi (qarori) ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish sudning ajrimiga (qaroriga) muvofiq amalga oshiriladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.