396-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining ma'muriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Chet davlat diplomatik vakolatxonasining ma'muriy-texnik xodimlari va ularning o'zlari bilan birga yashaydigan oila a'zolari, agar ular O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmasa yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, ro'zg'orni dastlab ta'minlash uchun kerakli bo'lgan tovarlarni bojxona to'lovlari to'lanishidan ozod qilingan holda bojxona hududiga olib kirishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.