РусскийEnglish

397-modda. Diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlarining chet davlat diplomatik vakolatxonasining ma'muriy-texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlariga tatbiq etilishi

Chet davlat diplomatik vakolatxonasining ma'muriy-texnik va xizmat ko'rsatuvchi xodimlariga, shuningdek ularning O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lmagan va O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a'zolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi o'zaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 395-moddasiga muvofiq diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.