РусскийEnglish

400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari

Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari o'z shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlarni o'zaro kelishuv asosida bojxona ko'rigidan o'tkazishdan va bojxona to'lovlari to'lanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini o'tkazganlik uchun bojxona yig'imlari mustasno.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.