РусскийEnglish

401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari a'zolari uchun bojxona imtiyozlari

Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan O'zbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari a'zolariga, shuningdek o'zaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining a'zolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu bo'limda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh bo'lib kelgan oila a'zolariga ham beriladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.