402-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida o'tadigan diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya a'zolari uchun bojxona imtiyozlari
Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila a'zolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 401-moddasida ko'rsatilgan shaxslarga bojxona hududidan tranzit tarzida o'tayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.