403-modda. Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila a'zolari uchun bojxona imtiyozlari O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.