409⁵-modda. Shikoyatni ko'rib chiqish tartibi
Shikoyat bergan shaxs o'z dalillarini tasdiqlovchi qo'shimcha hujjatlarni shikoyatni ko'rib chiqish jarayonida shikoyat bo'yicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli.
Shikoyatni ko'rib chiqayotgan bojxona organi o'z tashabbusiga ko'ra yoki murojaat qiluvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Bojxona organi shikoyatni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha shikoyat ro'yxatdan o'tkazilgan sanadan e'tiboran o'n besh kalendar kuni ichida, qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshiruv o'tkazish, qo'shimcha hujjatlarni talab qilib olish zarur bo'lgan taqdirda esa bir oyga qadar bo'lgan muddatda asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.