410-modda. Bojxona organlarining bayrog'i va farqlash belgisi
Bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari o'z bayrog'iga ega bo'ladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega bo'ladi.
Bayroq va farqlash belgisi to'g'risidagi nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.