РусскийEnglish

409⁷-modda. Bojxona organiga yoki sudga shikoyat berish oqibatlari

Bojxona organlarining qarorlari, ushbu organlar mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi va hal etiladi.

Ariza sudga berilgan taqdirda, bojxona organi qarorining shikoyat qilinayotgan qismini ijro etish ariza sud tomonidan ish yurituvga qabul qilingan kundan e'tiboran va sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to'xtatib turiladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.