50-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq ta'mirlash uchun mo'ljallangan tovar bilan aynan bir xil yoki unga o'xshash bo'lgan taqdirda yo'l qo'yiladi.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar ta'mirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarni ta'mirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos bo'ladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.