51-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqilgan tovar qoldiqlari va chiqindilari
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs olib chiqilib, qayta ishlanmagan tovar qoldig'ini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak.
Olib chiqilib qayta ishlanmagan tovar qoldiqlariga bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida bojxona hududiga reimport qilinadigan tovarlar sifatida qaraladi.
Tovarni qayta ishlash natijasida hosil bo'lgan chiqindilar qayta ishlanganidan keyin olib kirilgan taqdirda, bojxona bojlari va soliqlar to'lashdan ozod etiladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.