РусскийEnglish

8-modda. Yuridik va jismoniy shaxslar

Quyidagilar:

O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan tashkilot;

chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;

O'zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonunchiligiga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.