РусскийEnglish

9-modda. Tovarning kuzatuv hujjatlari

Tijorat va transport hujjatlari tovarning kuzatuv hujjatlari hisoblanadi.

Tijorat hujjatlari jumlasiga hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab jo'natish va o'rov varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va o'zga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o'tish bilan bog'liq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar kiradi.

Transport hujjatlari jumlasiga konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat kiradi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.