РусскийEnglish

88-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish

Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga tovar shu holatda bojxona hududiga olib kirilganidagi kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.