РусскийEnglish

89-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimini tugallash

Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma'lum qilinishi kerak.

Tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan e'tiboran uch kun ichida vaqtincha saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan hollar mustasno.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.