14-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Oilaviy korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
oilaviy korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;
oilaviy korxona ta’sis shartnomasining shartlariga bog‘liq holda foydadan o‘z ulushini olish;
oilaviy korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
agar oilaviy korxonaning ta’sis shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, oilaviy korxona tarkibidan chiqishda oilaviy korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga o‘zi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natural holda o‘ziga ajratib berilishi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Oilaviy korxona ishtirokchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar bo‘lishi mumkin.
Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.