РусскийEnglish

15-modda. Oilaviy korxonaning mol-mulki

Oilaviy korxonaning mol-mulki:

oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan;

qarz mablag‘lari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan;

tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yo‘naltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lardan tarkib topadi.

Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.