РусскийEnglish

16-modda. Oilaviy korxonaning faoliyati amalga oshiriladigan joy

Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, shu jumladan ishlab chiqarish, xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joydir.

Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.