20-modda. Oilaviy korxonada mehnatga oid munosabatlar
Oilaviy korxona ishtirokchilarining shaxsiy mehnatini amalga oshirish shartlari ular o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
Oilaviy korxona (ish beruvchi) va oilaviy korxonaning yollanma xodimi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi.
Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.