РусскийEnglish

21-modda. Oilaviy korxonada mehnatga haq to‘lash

Oilaviy korxona oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari uchun mehnat haqi, mukofotlar hamda kompensatsiyalarning shakllarini, tizimini va miqdorini qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.

Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining mehnat haqi taraflarning kelishuviga ko‘ra, lekin qonun hujjatlarida Mehnatga haq to‘lash yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

(21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)

Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.