1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks soliqlar va yigʻimlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda toʻlashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.