2-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda soliq bilan bogʻliq muayyan munosabatlar ushbu Kodeksda belgilanganidan boshqacha qoidalar bilan tartibga solinishi hamda tegishli vakolatli organning qarori bilan ushbu Kodeksning ayrim qoidalarini qoʻllash boʻyicha alohida tartib belgilanishi mumkin.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.