10-modda. Adolatlilik prinsipi
Soliqlar va yigʻimlar kamsitish xususiyatiga ega boʻlishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin emas.
Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.