11-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Soliq tizimi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir.
Oʻzbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki moliyaviy mablagʻlarning erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyadigan soliqlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.