РусскийEnglish

118-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani oʻzgartirish

Agar soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yuborilganidan keyin ushbu talabnomada koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha qarz summasi, penyalar yoki soliq haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun jarimalar summasi oʻzgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlagan taqdirda, soliq organi ushbu soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani yuborishi yoxud ilgari yuborilgan talabnomani chaqirib olishi shart. Mazkur qoida soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada koʻrsatilgan soliq, penya yoki jarimalar boʻyicha qarzlari qisman toʻlangan hollarga tatbiq etilmaydi.

(118-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnoma yoki ilgari yuborilgan talabnomaga doir chaqiruv xati soliq toʻlovchiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan oʻzgarishlarga olib kelgan holatlar aniqlangan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuboriladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.