119-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qismi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda va agar ushbu Kodeksning 120 — 122-moddalarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanishi natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, soliq organlari undiruvni ushbu Kodeksning 123-124-moddalarida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi.
(119-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.