15-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik
Soliq munosabatlarida soliq toʻlovchilar kontragentlarni tanlash chogʻida ularning soliq organlarida soliq toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obroʻsini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.
Soliq toʻlovchi tomonidan uning oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha qilingan xarajatlar (koʻrilgan zararlar), agar ushbu soliq toʻlovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.
Soliq organlari soliq toʻlovchilarga kontragentlarning soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi axborotdan, shuningdek boshqa axborotdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatini beradi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.