РусскийEnglish

16-modda. Soliqlar va yigʻimlar

Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) toʻlanadigan majburiy begʻaraz toʻlov tushuniladi.

Yigʻim deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan majburiy toʻlov tushuniladi, bu yigʻimning toʻlanishi uni toʻlovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri boʻladi.

(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)

Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa toʻlovlar, shuningdek ijro ishini yuritish tartibida qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari, qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qoʻyish soliqlar yoki yigʻimlar jumlasiga kirmaydi.

(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-iyundagi OʻRQ-1069-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2025-y., 03/25/1069/0510-son)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.