17-modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari
Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
2) aksiz soligʻi;
3) foyda soligʻi;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
5) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq;
51) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi;
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuniga asosan 51-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk soligʻi;
8) yer soligʻi;
9) ijtimoiy soliq.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yigʻimlar belgilanishi mumkin. Yigʻimlarni joriy etish tartibi qonunlarda, yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 5-fevraldagi OʻRQ-1117-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 03/26/1117/0116-son)
Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni, yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanishi huquqi uchun yigʻimni, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarni, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni hamda tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 16-maydagi OʻRQ-1063-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2025-y., 03/25/1063/0445-son)
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi.
(17-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.