РусскийEnglish

155-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik

Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning egaligida, foydalanishida yoxud tasarrufida boʻlgan mol-mulkka gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari orqali yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq hajmda qoplanishi lozim.

Soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ularning mansabdor shaxslari qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.

Soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning vakillariga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

(155-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.