РусскийEnglish

198-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati

Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim bitta bitim yoki ayni bir predmetga ega boʻlgan bir nechta bitim (bir turdagi bitimlar guruhi) boʻyicha uch yildan oshmaydigan muddatga tuzilishi mumkin.

Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi soliq toʻlovchi mazkur bitim kuchga kirgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan kalendar yilning birinchi sanasidan eʼtiboran oʻtgan davrga nisbatan tatbiq etiladi.

Soliq toʻlovchi, agar u narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha shartlariga rioya etsa, narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.

Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga koʻra ushbu Kodeksning 199-moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.

Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim, agar bevosita mazkur bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bitim imzolangan yildan keyingi kalendar yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.