РусскийEnglish

200-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning bajarilishini tekshirish

Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar soliq toʻlovchi oʻzi tuzgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha shartlariga rioya qilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mazkur bitimda narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qoʻshimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.