211-modda. Javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxslar
Yuridik va jismoniy shaxslar soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan hollarda javobgar boʻladi.
Jismoniy shaxs soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun oʻn olti yoshdan boshlab javobgarlikka tortilishi mumkin.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.