213-modda. Javobgarlikka tortishni istisno etuvchi holatlar
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
1) soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;
2) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;
3) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari oʻtib ketganligi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud boʻlganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.