РусскийEnglish

229-modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va operatsiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) soliq organiga taqdim etmaslik

Ushbu Kodeksning 134-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotnomani (koʻchirmalarni) bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlgan maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) taqdim etish, —

ikki million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.