272-modda. Toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari boʻyicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻidagi soliq summasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq budjetga toʻlanadi.
(272-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi salbiy boʻlsa, soliq toʻlovchi mazkur summaning oʻrnini ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega boʻladi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.