289³-modda. Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga doir soliq stavkalari
Neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Tovarlar nomi
Soliq stavkalari
2026-yil 1-yanvardan
2026-yil 1-apreldan
1.
Neft mahsulotlari:
AI-80 va undan yuqori benzin
375 000 soʻm/tonna
402 000 soʻm/tonna
AI-91 va undan yuqori benzin
335 000 soʻm/tonna
360 000 soʻm/tonna
aviakerosin (sintetikdan tashqari)
300 000 soʻm/tonna
321 000 soʻm/tonna
dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari)
360 000 soʻm/tonna
385 000 soʻm/tonna
EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari)
325 000 soʻm/tonna
348 000 soʻm/tonna
dizel yoki karbyurator (injektor) dvigatellari uchun motor moyi
510 000 soʻm/tonna
546 000 soʻm/tonna
2.
Polietilen granulalar
10%
3.
Tabiiy gaz
12%
4.
Yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilinadigan:
AI-80 va undan yuqori benzin
1 litr uchun 525 soʻm/
1 tonna uchun 700 000 soʻm
1 litr uchun 562 soʻm/
1 tonna uchun 750 000 soʻm
AI-91 va undan yuqori benzin
1 litr uchun 470 soʻm/
1 tonna uchun 621 000 soʻm
1 litr uchun 505 soʻm/
1 tonna uchun 665 000 soʻm
dizel yoqilgʻisi
1 litr uchun 525 soʻm/
1 tonna uchun 635 000 soʻm
1 litr uchun 562 soʻm/
1 tonna uchun 680 000 soʻm
suyultirilgan gaz
1 litr uchun 525 soʻm/
1 tonna uchun 1 000 000 soʻm
1 litr uchun 562 soʻm/
1 tonna uchun 1 070 000 soʻm
siqilgan gaz
1 kub metr uchun 750 soʻm
1 kub metr uchun 805 soʻm
5.
Isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan ichimliklar (bundan umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tayyorlanib isteʼmolchilarga realizatsiya qilingan ichimliklar mustasno)*:
tarkibida shakar mavjud boʻlgan ichimliklar (100 ml mahsulot tarkibidagi shakar miqdoriga qarab)
1 litr uchun 500 soʻm
5 grammgacha:
1 litr uchun 500 soʻm
5 grammdan 10 grammgacha:
1 litr uchun 515 soʻm
10 gramm va undan yuqori:
1 litr uchun 535 soʻm
tarkibida boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar mavjud boʻlgan ichimliklar
1 litr uchun 500 soʻm
6.
Energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar
1 litr uchun 2 000 soʻm
1 litr uchun 2 150 soʻm
7.
Yupqa toʻgʻralgan yoki yupqa shaklga keltirilgan, qovurilgan yoki quritilgan, isteʼmol qadogʻiga qadoqlangan, tarkibida kartoshka yoki uning taʼmini beruvchi qoʻshimchalar boʻlgan mahsulotlar (chipslar) **
1 kg mahsulot uchun 15 000 soʻm
* Mevalar va (yoki) sabzavotlardan tayyorlangan, tabiiy shirin boʻlgan hamda tarkibida qoʻshimcha shakar va boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushboʻylashtiruvchi moddalar mavjud boʻlmagan sharbatlarga nisbatan soliq qoʻllanilmaydi.
** Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kiruvchilar tomonidan toʻlanadi.
(289³-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar, shu jumladan import qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun belgilangan va mazkur tovarlarni olib kirishda qoʻllanilmaydi.
(289³-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan olib kirilgan (import qilingan) aksiz toʻlanadigan tovarlarni oʻz extiyojlari uchun ishlatilganda, soliq toʻlovchilari boʻlib ushbu tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar eʼtirof etiladi.
(289³-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan tovarlar tarkibidagi shakar miqdori boʻyicha maʼlumot isteʼmol qadogʻida koʻrsatilmagan taqdirda, ularga nisbatan eng yuqori soliq stavkasi qoʻllaniladi.
(289³-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.