РусскийEnglish

290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Import qilingan, aksiz toʻlanadigan, oʻziga nisbatan aralash — advalor va qatʼiy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar boʻyicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qatʼiy belgilangan stavka qoʻllanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam boʻlishi mumkin emas.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.