РусскийEnglish

313-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar

Ushbu modda maqsadlarida, sudning qaroriga koʻra, qarzdorning bankrot deb topilganligi, tugatish, qarzdor vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki daʼvo muddati oʻtganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.

(313-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)

Soliq toʻlovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.

Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq toʻlovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.