352-modda. Soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar
Quyidagilar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi:
1) yuridik shaxslar, shu jumladan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari;
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
3) faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlar;
4) norezident boʻlgan yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari;
5) ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni oluvchi jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari, bundan ushbu qismning 3-bandida koʻrsatilganlar mustasno.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.