РусскийEnglish

353-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq solinadigan daromad

Soliq stavkalari, foizlarda

1

Dividendlar va foizlar

10

2

Sugʻurta, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari

10

3

Xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlar (fraxtdan olingan daromadlar)

6

4

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb etilgan kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan chet el moliya institutlariga toʻlanadigan daromadlar

0

5

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek xalqaro toʻlov kartochkalari vositasida hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar

0

6

Boshqa daromadlar, bundan 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan daromadlar mustasno

20

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.