364-modda. Soliq toʻlovchilar
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq toʻlovchilari deb (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar;
2) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.