РусскийEnglish

365-modda. Soliq solish obyekti

Soliq toʻlovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining (bundan keyin ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb hisoblanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan olingan hamda ushbu Kodeksning XX boʻlimiga muvofiq aylanmadan olinadigan soliq solinadigan daromadlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

(365-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.