РусскийEnglish

381-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 12 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.

Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.