РусскийEnglish

382-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari

Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar boʻyicha soliq solinadi:

T/r

Soliq obyekti

Soliq stavkalari, foizlarda

1

Dividendlar va foizlar

10

2

Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar).

6

3

Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda koʻrsatilmagan boshqa daromadlar

12

(382-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-iyuldagi OʻRQ-785-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2022-y., 03/22/785/0679-son — ushbu modda 3-bandining qoidalari 2022-yil 1-maydan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.