399-modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida toʻlangan soliqni hisobga olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan, Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlashda ushbu Kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni boʻyicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.