400-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish toʻlov manbaida toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining ichkarisida yoki tashqarisida qilinganligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi, bundan soliqni undirish oʻzarolik prinsipi boʻyicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsga daromadlarni toʻlash toʻlov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki ushbu Kodeksning 6-moddasiga muvofiq ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga va xalqaro shartnomalar boʻyicha soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq pasaytirilgan stavkani qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining qoidalari gʻayriqonuniy tarzda qoʻllanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlgan taqdirda, Kodeksning ushbu boʻlimiga muvofiq soliq agenti deb eʼtirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab qolinmagan soliq summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonunchilikka muvofiq budjetga kiritilishi shart.
(400-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi undan ushlanmasdan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanganda, soliq agentining soliqni toʻlov manbaidan ushlab qolish va koʻchirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.